Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi
Sun’iy intellekt sohasini chip bilan ta’minlaydigan texnologiya kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi 3 trillion dollardan oshdi.

Foto: Reuters
18 iyun kuni Nvidia texnologiya kompaniyasi boshqa texnologik gigant Microsoft kompaniyasidan o‘zib ketib, dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sun’iy intellekt bozorida muhim rol o‘ynayotgan chiplarni ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasining aksiyalari 3,2 foizga o‘sib, narxi 135,21 dollarga yetdi. Natijada, uning bozor kapitalizatsiyasi 3,3 trillion dollarga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich unga dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib olishiga yordam bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, Nvidia aksiyalari 2024 yilda taxminan 173 foizga oshgan. Microsoft aksiyalari narxi esa 19 foizga ko‘tarilgan xolos.
Nvidia kompaniyasining bozor qiymati fevral oyida 2 trillion dollarga yetgan edi: atigi 9 oy ichida kapitalizatsiya 1 trillion dollarga ko‘paydi. 3 oydan sal ko‘proq vaqt o‘tgach, iyun oyida 3 trillion dollarga yetdi.
Mavzuga oid

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

18:22 / 10.07.2025
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

17:51 / 04.07.2025