Xalq demokratik partiyasining XIV qurultoyi bo‘lib o‘tdi
Qurultoyda Xalq demokratik partiyasining 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridagi ishtiroki va yangi saylovoldi dasturi muhokama qilindi.

Foto: Xalq demokratik partiyasi
Qurultoyda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan yangi saylovoldi dasturi delegatlar e’tiboriga taqdim etildi.
Dasturda davlat va jamiyatni rivojlantirish, Qonun ustuvorligini ta’minlash va kuchli ijtimoiy himoya siyosatini yuritishga qaratilgan 10 ta yo‘nalishda, 15 qadamni o‘zida mujassam etgan 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surilayotganligi ma’lum qilindi.
Xususan, dasturning ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha adolatli davlat pensiya ta’minoti tizimini joriy qilish, aholida dori-darmon vositalariga qaramlikni kamaytirish, maktablarda chet tillari va IT yo‘nalishdagi o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, ulush kiritish asosida uy-joy qurilayotganda xaridorlarni kafolatli himoya qilish bo‘yicha yechimlar taklif etilgan.
Qurultoyda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov uchun tashkil etilgan bir mandatlik okrugdan 75 nafar nomzodi ilgari surildi hamda proporsional tizim bo‘yicha 100 kishilik partiyaviy ro‘yxati ham taqdim etildi.
Nomzodlarning 47,4 foizi ayollardan iborat bo‘lib, barcha 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega, ularning 8 foizini huquqshunoslar, 13 foizi iqtisodchi, 6 foizi muhandis, 9 foizini tibbiyot, 31,4 foizini pedagoglar, 32,6 foizini boshqa soha vakillari tashkil etadi. Shuningdek, nomzodlarning 18 nafarida fan nomzodi (PhD) va 15 nafarida fan doktori (DSc) ilmiy darajasi mavjud.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi
Jahon | 12:21
-
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
Jamiyat | 12:11
-
Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘zbekistonliklarga nima beradi?
O‘zbekiston | 12:00
Mavzuga oid

18:00 / 13.05.2025
“Biz ularga qo‘shila olmaymiz”. Xalq demokratik partiyasi parlamentda o‘zini muxolifat deb e’lon qildi

14:00 / 25.10.2024
XDP o‘z saylovoldi tashviqotini uyma-uy davom ettiryapti

10:00 / 20.10.2024
Ijtimoiy davlatga samarali ijtimoiy himoya siyosati orqali erishamiz!

19:20 / 26.06.2023