Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Oniks” anhorga tushib ketdi
Favqulodda vaziyatlar xodimlari yetib kelgunicha mashina maxsus texnika yordamida anhordan chiqarib olingan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Andijon shahrida “Oniks” mashinasi anhorga tushib ketdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 8 oktyabr kuni soat 14:00 larda ro‘y bergan.
Andijon shahar Yu.Otabekova hamda Shahidtepa ko‘chalari kesishgan chorraha oldidagi oshxona avtoturargohida 51 yoshli Sh.O. “Oniks” mashinasida orqaga harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotib, anhorga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Mashina maxsus texnika yordamida anhordan chiqarib olingan.
Mavzuga oid

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

20:32 / 30.06.2025
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025