Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
2021 yilda qabul qilingan prezident farmonida deputatlar va senatorlarning har bir qonun loyihasiga qanday ovoz berganini ochiqlash ko‘zda tutilgan edi. Lekin Oliy Majlisning ikkala palatasi ham bu ma’lumotlarni ochiqlamay kelmoqda. Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Bobur Bekmurodovning aytishicha, yangi chaqiriqdagi parlament “ancha ochiq va loyihalarni xalq bilan muhokama qiladigan” bo‘ladi.

2 dekabr kuni Toshkentda boshlangan fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, “Yuksalish” harakati yetakchisi Bobur Bekmurodov yangi parlamentdagi ochiqlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
— Qonunchilik palatasining o‘tgan chaqiriqdagi faoliyatida mustaqil OAVlar unchalik ochiqlikni sezmadi. Masalan, quyi palata majlislarini jonli efirga chiqishi uchun ancha kurashildi. Yoki har bir qonun bo‘yicha deputatlarning qaysi biri qanday ovoz berganini aniqlash imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Qonunchilik palatasi majlislariga mustaqil OAV vakillari kiritilmayapti. Spiker ham mustaqil OAVga biror marta intervyu bermadi. Bu chaqiriqda xalq vakillari qanchalik ochiq bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
— Bu savollarga fikr bildirishim mumkin, lekin javob berishga vakolatli emasman. Prezidentning farmoni bilan yalpi majlislarni to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish o‘tgan chaqiriqdan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Budjet muhokamasi bo‘ladimi, jamoatchilik uchun muhim turli qonunlar bo‘ladimi, sayt va YouTube tarmog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilishi O‘zbekiston parlamentarizmi uchun judayam katta yutuq, deb bilaman.
Albatta, kelgusida yanada ochiqlik haqida o‘ylashimiz kerak. Prezidentimiz ham aytib o‘tdilar, yangi g‘oyalarni ilgari surdilar. Masalan, har bir qo‘mitaning huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatchilik kengashi tashkil etilishi. Mana bu ham juda zo‘r mexanizm bo‘la oladi. Masalan, qo‘mita raisi sifatida ayta olamanki, jamoatchilik kengashiga OAV vakillarini, mustaqil jurnalistlarni ham albatta taklif etamiz. Chunki ularning qonunlarga o‘z fikrini berishi, qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi juda yaxshi mexanizm bo‘ladi.
Qaysi deputat nimaga, qanday ovoz bergani [ochiq] bo‘lishi kerak, bu narsa nihoyatda muhim deb bilaman. Bu masalada siz bilan xayrixohman.
— Ko‘p hollarda jamoatchilik qonunlarning to‘liq matni bilan, faqat u imzolanganidan keyin xabardor bo‘ladi. Nima uchun Qonunchilik palatasi o‘zi qabul qilib, Senatga yuborgan loyihalarni rasmiy saytida to‘liq e’lon qilmaydi?
— Avvalo, aytish kerakki, qonun ijodkorligini jarayonlarini ochiqligi borasida ko‘p ishlar qilindi. Masalan, hozirgi kunda qabul qilinayotgan qonunlar avval jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilyapti. Umuman, ijtimoiy muhim bo‘lgan barcha qonunlar qo‘yilyapti, farmonda shunaqa talab bor.
Albatta, biz hozirgi kunda yangi parlamentni ochiq parlamentga aylantirish borasida juda ham katta rejalarni qilganmiz. Biz hozir bu borada ishlayapmiz. O‘ylaymizki, yangi chaqiriqdagi parlament ancha ochiq, ancha xalq bilan muhokama qiladigan, inklyuziv va jamoatchilik faollarini jalb qiladigan parlament bo‘ladi, deb ishonaman.
***
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlikni ta’minlashga doir prezident farmoni imzolangan edi. Unda Oliy Majlis palatalariga o‘z rasmiy veb-saytlarida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qilish yoki rad etishdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) ma’qullash yoki rad etishdagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish tavsiya etilgan.
Ammo o‘tgan 3,5 yil davomida Tanzila Norboyeva raisligidagi Senatda ham, Nuriddin Ismoilov rahbarligidagi Qonunchilik palatasida ham bu borada o‘zgarish bo‘lmadi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart" - prezident
O‘zbekiston | 10:37
-
Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning rahbari Saidlaziz Saidkarimov prezident tanqidiga uchradi
O‘zbekiston | 10:30
-
Suyultirilgan gaz yetkazishda 60-70 kunlab uzilish kuzatilmoqda
O‘zbekiston | 10:27
-
Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin
O‘zbekiston | 10:05
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

11:10 / 30.04.2025