O‘zbekiston | 09:49 / 13.12.2024
2083
1 daqiqa o‘qiladi
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda. 2025 yil 1 sentabrdan boshlab sinov tariqasida ishga tushirilayotgan platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
- sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
- respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
- yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
- avtobus, avia va temiryo‘l chiptalari, madaniy meros obektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
- xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:05 / 02.06.2025
O‘zbekiston Rossiyadan turistlar oqimini oshiradi

13:44 / 30.05.2025