Rossiya 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 47 ta uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya hududlari osmonida 13 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

Foto: AFP
Rossiya qo‘shinlari kecha tunda turli turdagi 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi. Dronlar Bryansk, Orel, Kursk va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan uchirildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari 2 yanvar, payshanba kuni.
Mahalliy vaqt bilan soat 8.30 holatiga ko‘ra, 47 ta "Shahed" hujumkor dronlari va boshqa turdagi UUA urib tushirilgan. Yana 24 ta dron «yo‘qolgan (salbiy oqibatlarsiz)», bittasi havoda bo‘lgan. Ukraina rasmiylari qurbonlar bor-yo‘qligi yoki infratuzilmaga zarar yetgani haqida xabar bermadi.
RF Mudofaa vazirligi: 13 ta dron Rossiya hududlari uzra urib tushirildi
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi 13 ta Ukraina uchuvchisiz uchoqlari bir kechada Rossiya hududlari ustida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bitta UUA Voronej oblasti, uchtasi Belgorod oblasti, to‘rttasi Bryansk oblasti, to‘rttasi Kursk oblasti va bittasi Kaluga oblasti uzra «yo‘q qilingan». Shu bilan birga, Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz o‘z hududida oltita dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, tungi vaqtda Saratov, Penza, Saransk, Ulyanovsk va Qozon aeroportlarida samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga cheklovlar joriy etildi. Fuqarolik parvozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik cheklovlar kiritildi, deb xabar qildi Rosaviatsiya.
Mavzuga oid

13:45 / 05.06.2025
SBU «Pautina» operatsiyasining yangi kadrlarini ko‘rsatdi

15:03 / 02.06.2025
Kiyev Rossiya strategik aviatsiyasining 34 foizi zarar ko‘rganini ma’lum qildi

12:36 / 02.06.2025
Dronlar va zamonaviy qurollar – mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalidan fotoreportaj

08:51 / 02.06.2025