Jo Bayden xayrlashuv nutqida: AQShda oligarxiya shakllanmoqda
Tramp inauguratsiyasi oldidan Jo Bayden amerikaliklarni mamlakatda «xavfli oligarxiya» shakllanishi va hokimiyat «bir necha o‘ta boy odamlar» qo‘lida to‘planishi haqida ogohlantirdi.

Foto: Mandel Ngal / Reuters
15 yanvar, chorshanba kuni o‘z lavozimini tark etayotgan AQSh prezidenti Jo Bayden xalqqa xayrlashuv nutqida amerikalik fuqarolarni mamlakatda rivojlanayotgan «oligarxiya»ga qarshi «ehtiyot bo‘lishga» chaqirdi. 82 yoshli demokrat o‘zining yagona prezidentlik muddati yakunida: «Bugun Amerikada oligarxiya shakllanmoqda, bu bizning butun demokratiyamizga tom ma’noda tahdid solmoqda», dedi va bu «hokimiyatning bir necha super boy odamlarning qo‘lida to‘planishi» ekanligini aytdi.
Jo Bayden: Amerikaliklar noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘chkisi ostida qolgan
AQSh fuqarolari «hokimiyatni suiiste’mol qilishni kuchaytiruvchi noto‘g‘ri tushunchalar va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘chkisi ostida qolmoqda», dedi Bayden X va Meta hamda ularning egalari, AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatchisi bo‘lgan Ilon Mask va Mark Tsukerbergni qoralab.
Oq uy rahbari, shuningdek, prezidentlik davrida atrof-muhitni muhofaza qilgan holda iqtisodiy o‘sishga erishganini aytdi. «Biz ikkalasini ham qilyapmiz, ammo qudratli kuchlar iqlim inqirozini hal qilish uchun qadamlarimizni bekor etish maqsadida o‘zlarining nazoratsiz ta’siridan foydalanmoqchi», dedi Bayden.
CNN so‘rovlariga ko‘ra, Baydenni Oq uyni tark etishidan oldin ma’qullash reytingi 36 foizni tashkil etgan, bu uning prezidentligi davridagi eng past ko‘rsatkichdir. Ayni paytda, Donald Trampning 2021 yilda prezidentlik muddati yakunlanganidan so‘ng ma’qullash reytingi undan ham pastroq bo‘lib, 34 foizni tashkil qilgan.
Respublikachi Donald Tramp 20 yanvar kuni AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishadi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

22:38 / 09.06.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20 / 09.06.2025