Germaniyalik muhandis suv ostida 120 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Erkak yashagan 30 metr kvadratli kapsula 11 metr chuqurlikka joylashtirilgan va barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan. Kapsula uchun elektr energiyasi quyosh batareyalari yordamida ishlab chiqarilgan.

Foto: AFP
Germaniyalik muhandis Ryudiger Kox Panama sohillaridagi maxsus kapsula ichida 120 kun yashab, suv ostida eng ko‘p qolgan inson sifatida yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilishicha, erkak yashagan 30 metr kvadratli kapsula 11 metr chuqurlikda bo‘lgan va barcha zamonaviy qulayliklar bilan jihozlangan, jumladan, u yerga karovat, hojatxona, televizor, kompyuter o‘rnatilgan. Shuningdek, kapsulaga internet ham tortilgan, hatto trenajyorda mashq qilish sharoiti ta’minlangan.
Kapsula uchun elektr energiyasi quyosh batareyalari yordamida ishlab chiqarilgan, ammo zaxira generatori ham bo‘lgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Koxning suvosti kapsulasi oziq-ovqat mahsulotlari uzatib turilgan suvosti xonasi bilan bog‘langan. Tashrif buyuruvchilar, jumladan, shifokorlar ham ushbu xonadan foydalangan.
Kox suv ostida 100 kun yashagan amerikalik Jozef Diturining rekordini yangiladi. Yangi rekord darhol Ginnesning rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, Kox — Jyul Vernning «Suv ostida 80 ming kilometr» romani personaji kapitan Nemoning muxlisi hisoblanadi. U suv ostida ham kitobni qo‘lidan qo‘ymagan. Rekordchining so‘zlariga ko‘ra, shu orqali muhandis insonlar suv ostida yashay olishini isbotlamoqchi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi
Jahon | 13:22
-
Transport vaziri gapi hukumat qarorini to‘xtatib qo‘ya oladimi? -taksichilar istalgan hududda ishlash erkinligi cheklanganicha qolmoqda
O‘zbekiston | 12:48
-
Tramp tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad o‘tkazdi. Mamlakat bo‘ylab ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Jahon | 12:36
-
Parkentda uch bola cho‘kib ketgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 11:24
Mavzuga oid

10:25 / 31.03.2018
Jabbrrbox startapi muzlatgichga o‘xshash antiqa ish joyi yaratdi

18:50 / 23.09.2017
Tabiiy ofat paytida omon qolishga yordam beruvchi kapsula o‘ylab topildi (foto)

15:39 / 31.08.2017
Ilon Mask Hyperloop kapsulasining tezlik bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatdi

16:11 / 03.04.2017