Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniya tashqi ishlar vaziri: Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritolmaydi
«Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», dedi Rasmussen

Foto: Ritzau Scanpix
Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallash rejalari haqidagi bayonotlari orol aholisi manfaatlariga zid ekanini aytdi.
«Tramp Grenlandiyani qo‘lga kirita olmaydi. Grenlandiya — bu Grenlandiya. Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», dedi Rasmussen. U orol taqdirini uning aholisi hal qilishi kerakligini ta’kidladi.
Ayni paytda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Parij va Berlinga tashrifidan so‘ng Yevropa Ittifoqi Daniyani o‘z muxtoriyati bilan bog‘liq masalalarda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Mette Frederiksen 28 yanvar kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda «albatta, davlatlar hududi va suverenitetini hurmat qilish zarurligini» muhokama qilganini aytdi. Politico gazetasining yozishicha, muzokaralarda Donald Tramp Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shib olish uchun iqtisodiy bosimni qo‘llasa, import qilingan Amerika tovarlariga savdo tariflarini joriy etish masalasi ham muhokama qilingan.
Donald Tramp Grenlandiyani sotib olish AQSh milliy va iqtisodiy xavfsizligi uchun «mutlaq zarurat» ekanini ta’kidlab kelmoqda. Ushbu fonda Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orol aholisi AQSh va Daniyadan mustaqil bo‘lishni xohlayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Donald Tramp bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini izlayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

18:20 / 10.07.2025
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

16:48 / 10.07.2025