Sirdaryoda yong‘in bo‘lgan uydan 3 bola qutqarib qolindi
Shirin shahridagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa joyiga yetib borgan yong‘in-qutqaruvchilari 3 nafar voyaga yetmagan bolani qutqarib qolishdi.

Foto: Sirdaryo viloyati FVB
Bugun, 17 fevral kuni soat 14:30 da Shirin shahrining Amir Temur mahallasidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati FVB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruvchilari yetib borgan. Ular yong‘inni soat 14:37 da to‘liq o‘chirgan.
Yong‘inni bartaraf etish vaqtida xonadon ichida 3 bola – 2019 yilda tug‘ilgan J.J., 2020 yilda tug‘ilgan J.M. hamda 2022 yilda tug‘ilgan J.I. bo‘lgan. Ular yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan qutqarib qolingan. Bolalarga shu joyning o‘zida birinchi tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

23:03 / 24.06.2025
Bortida 3 mingta avtomobil bo‘lgan kema Tinch okeanida cho‘kib ketdi

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025