Toshkent shahrida ikki tuman yo‘llarini ta’mirlashga 8 mlrd so‘m ajratildi

Foto: Getty images
Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqov Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari uchun 8 mlrd so‘mdan ziyodroq mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 4 mlrd 233 mln 700 ming so‘m, Bektemirdagi yo‘llar ta’miri uchun esa 3 mlrd 800 mln so‘m ajratilgan.
Qarorda keltirilishicha, mazkur mablag‘lar Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan ajratilishi belgilangan.
Qayd etish kerak, Shavkat Umrzoqov joriy yilning mart oyida poytaxtdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun 12 mlrd so‘m ajratilishi haqida ham qaror chiqargandi.
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

16:51 / 24.04.2025