Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi
26 yoshli uchuvchi halok bo‘ldi. Holat tafsilotlari o‘rganilayotgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Evgeniy Maloletka / AP
Ukraina harbiy-havo kuchlari Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar berdi. 26 yoshli uchuvchi Pavel Ivanov 12 aprel kuni jangovar topshiriqni bajarayotib halok bo‘ldi.
«Ukrainalik uchuvchilar jangovar topshiriqlarni bajarish chog‘ida har safar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, maksimal darajada insoniy va texnik imkoniyatlarni ishga soladi. Pavel ham ulardan biri edi. Fojianing barcha holatlari o‘z ishini boshlagan idoralararo komissiya tomonidan aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Pavel Ivanovning o‘limini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham tasdiqladi.
«Bugun, afsuski, kapitan Pavel Ivanov F-16 samolyotida jangda halok bo‘ldi. Yigit 26 yoshda edi. Oilasiga va Pavelning barcha ukalariga hamdardlik bildiraman. Ushbu jangovar vaziyat bo‘yicha harbiy hisobotlar kerak. Biz barcha holatlarni o‘rganmoqdamiz», dedi u.
Bu F-16 samolyotining rasman tasdiqlangan ikkinchi halokatidir. 2024 yil avgust oyida Ukraina yirik raketa hujumini qaytarish paytida birinchi F-16 samolyotini yo‘qotdi. Uchuvchi Aleksey Mes halok bo‘ldi. Keyinroq samolyot xatolik tufayli Ukraina tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ukraina bu versiyani rasman tasdiqlamadi. Halokatdan so‘ng Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk ishdan bo‘shatildi.
Rossiya matbuoti yo‘q qilingan F-16 samolyotlari soni ko‘proq ekanligini da’vo qiladi, biroq bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan. Xususan, targ‘ibot manbalari 2024 yil oktabr oyida Ukrainaga topshirilgan oltita F-16 samolyotidan beshtasi samarali jangovar harakatlarni bajarmasdan yo‘qotilganini yozgan. Shuningdek, 2024 yil sentabrida Rossiya harbiylari «go‘yo to‘rtta F-16 qiruvchi samolyotini yo‘q qilgani» haqida xabar berilgandi, biroq bunga ham dalil keltirilmadi.
2024 yil dekabr oyida Ukraina Daniyadan F-16 qiruvchilarining ikkinchi partiyasini oldi. Umuman olganda, Daniya Ukrainaga 19 ta F-16 qiruvchisini bermoqchi edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 08:39
-
Eron Isroilga yangi raketalar to‘lqinini uchirdi
Jahon | 07:41
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
Mavzuga oid

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

20:19 / 14.06.2025
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

18:00 / 14.06.2025