Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
MMA uslubidagi jangda bo‘yi 1,32 metrni tashkil etadigan G1 robotlari qatnashdi.

Foto: Videodan kadr
Xitoyda humanoid robotlari o‘rtasida dunyodagi birinchi jang bo‘lib o‘tdi. MMA uslubidagi jang 25 may kuni CMG World Robot Competition doirasida tashkil etildi.
Ringga 2024 yil may oyida taqdim etilgan G1 robotlari ko‘tarildi. Ular — bo‘yi 1,32 metrni tashkil etadigan ixcham model hisoblanadi. Ushbu modellar o‘lchami jihatidan 1,8 metrli H1 modelidan kichikroq, ammo yaxshi manyovrchanlikka ega, tezligi soniyasiga 2 metrgacha yetadi.
Jang vaqtida robotlar masofadan boshqaruv pultlari yordamida to‘rtta operatorlar jamoasi tomonidan boshqarib turilgan.
Sinov vaqtida odamsimon robotlarning yugurish, yurish, raqsga tushish, yiqilish, chidamlilik va nazorat kabi ko‘nikmalari tekshirilgan. Eng muhim jihati yiqilganidan keyin qayta tura olish qobiliyati bo‘ldi — bunga 8 soniya talab etildi. Ta’kidlanishicha, bu jangovar robotlar samaradorligini baholashda, ularning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biriga mos kelishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Optimallashtirilgan sun’iy intellekt algoritmlariga ega zamonaviy robotlar harakatga millisoniyalar ichida javob beradi. Ular muvozanat va barqarorlikni saqlagan holda, bir zumda barcha «bo‘g‘im»lar dvigatellarini ishga tushira oladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida Pekinda o‘tkazilgan yarim marafonda tarixda birinchi marta odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashgan edi. Yarim marafonda 12 ming sportchi va 20 ta odamsimon robot ishtirok etgan. Robotlardan birinchi bo‘lib marra chizig‘iga yetib kelgani bunga 2 soat-u 40 daqiqa sarflagandi, bu eng tez kelgan odamning natijasidan 2,5 barobarga sekin.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi

21:46 / 25.05.2025