O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalasini muhokama qildi
Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.

Foto: TIV
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo byurosining Afg‘oniston bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Meri Bishoping bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammolari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

21:42 / 05.06.2025
Tramp va Si Jinping telefon orqali gaplashdi

20:32 / 05.06.2025
Pentagon katta kemalarni yo‘q qiladigan aviabombani sinovdan o‘tkazdi

19:26 / 05.06.2025