Jahon | 18:58 / 13.06.2025
2433
1 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi

U pul yuvish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish va noqonuniy tadbirkorlikda ishtirok etish kabi bir qancha jinoyatlarda ayblanmoqda.

Foto: Armaniston hukumati matbuot xizmati

Armaniston Milliy assambleyaning sobiq spikeri, sobiq bosh vazir Ovik Abramyan ushlandi. Bu haqda Arminfo Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

Ovik Abramyan pul yuvish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish va noqonuniy tadbirkorlikda ishtirok etish kabi bir qancha jinoyatlarda ayblanmoqda.

U 2014-2016 yillarda Armaniston bosh vaziri lavozimida ishlagan. 2012-2014 yillarda parlament spikeri bo‘lgan.

Mavzuga oid