Tramp Yaqin Sharq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi
AQSh prezidenti Oq uyda milliy xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U o‘z blogida Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini yozdi va Tehronni to‘liq evakuatsiya qilishga chaqirdi.

Foto: REUTERS
16 iyun, dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadaning Kananaskis shahrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitidagi ishtirokini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qildi. Bu qadamga Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Trampning matbuot kotibi Kerolayn Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida Amerika yetakchisi sammitda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan yirik savdo bitimini imzolagan holda «kunni ajoyib o‘tkazganini» yozdi. «Ko‘p narsaga erishildi, biroq Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar tufayli prezident Tramp bugun kechqurun davlat rahbarlari bilan kechki ovqatdan keyin jo‘nab ketadi», — dedi Livitt.
CBS News telekanaliga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Oq uy rahbari bilan birga Kanadadan Vashingtonga uchmoqda. CNN telekanali xabar berishicha, Tramp o‘z ma’muriyatining milliy xavfsizlik xodimlariga Vashingtonda Oq uydagi maxsus xonaga to‘planishni buyurgan. Bu AQSh prezidenti, uning maslahatchilari, harbiy va razvedka idoralari vakillari tomonidan inqirozli vaziyatlarda shoshilinch yig‘ilishlar uchun foydalaniladigan xonalar majmuasidir. Maxsus xonasida o‘rnatilgan aloqa uskunalari davlat rahbariga butun dunyo bo‘ylab Amerika qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilish imkonini beradi.
Livittning xabaridan taxminan bir soat oldin Amerika yetakchisi o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post e’lon qildi va unda «Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak» deb yana bir bor ta’kidladi. «Hamma Tehrondan zudlik bilan evakuatsiya qilinishi kerak», deb yozgan AQSh prezidenti.
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

12:12
Tramp «barcha»ni Tehrondan tezroq chiqib ketishga chaqirdi

12:03