Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Rossiyaning Domodedovo aeroportini milliylashtirdi
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining da’vosiga ko‘ra, aeroportning benefitsiarlari boshqa mamlakatlar rezidentlari bo‘lib, strategik korxona aktivlarini noqonuniy ravishda tasarruf etgan va foydani chet elga o‘tkazgan.

Foto: Sergei Karpukhin/TASS/picture alliance
17 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Moskva viloyati arbitraj sudi Rossiya Bosh prokuraturasining Moskva viloyatidagi Domodedovo aeroporti aktivlariga egalik qiluvchi "DMe Xolding" OOOni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi da’vosini to‘liq qanoatlantirdi. Ushbu qaror «zudlik bilan ijroga keltirildi», dedi jarayon ishtirokchisi «Interfaks» agentligiga.
Rossiya Bosh prokuraturasi 30 yanvar kuni «Domodedovo» guruhining 30 ta kompaniyasiga qarshi sudga da’vo berdi, unda aeroportning asosiy egasi Dmitriy Kamenshchik (Turkiya va BAA fuqaroligiga ega) va "Domodedovo" kuzatuv kengashi rahbari Valeriy Kogan (Isroil fuqarosi) boshqa mamlakatlarda rezident bo‘lgani va Rossiya qonunchiligini buzgan holda foydani chet elga o‘tkazgani aytiladi.
Da’voga ko‘ra, 2024 yilda Kamenshchik va Kogan aeroportni "DMe Xolding" nazorati ostiga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni tashkil qilish va buning uchun Rossiya Monopoliyaga qarshi federal xizmati (FAS)dan ruxsat olish orqali «strategik korxona ustidan chet el nazorati yo‘qligi illyuziyasini yaratishga» uringan.
Avvalroq Moskva viloyati arbitraj sudi xavfsizlik chorasi sifatida "Domodedovo" guruhining mol-mulki hamda Kamenshchik va Koganning aktivlarini xatlovga olgan edi.
Mavzuga oid

22:46 / 05.08.2025
Rossiya sanksiyalardan qutulish uchun Ukrainada «havo sulhi» taklifini ko‘rib chiqmoqda

20:07 / 05.08.2025
“O‘rmonda yog‘och kesishga ishga olamiz deb aldab, urushga jo‘natishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi

18:51 / 05.08.2025
Moskvada «Krokus» terakti bo‘yicha sud. Asosiy ma’lumotlar

18:49 / 05.08.2025