Jahon | 10:02
6945
4 daqiqa o‘qiladi

Tramp muddatni cho‘zdi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkin – 8-kun

Eron Isroil urushining sakkizinchi kuni boshlanar ekan, Oq uydan jiddiy bayonot yangradi: Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi urush haqidagi qarorini keyingi ikki hafta ichida qabul qilishini bildirdi. Bu orada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasi Eron parlamentida muhokama qilingan. Lekin har ikki tomon ham o‘zaro havo zarbalarini davom ettiryapti.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Eron Isroil urushining sakkizinchi kuni boshlanar ekan, Oq uydan jiddiy bayonot yangradi: Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik haqida qarorni keyingi ikki hafta ichida qabul qilishini bildirdi. Bu qat’iy muddat bo‘lmasligi mumkin, chunki Tramp odatda qaror qabul qilish muddati sifatida «ikki hafta»dan foydalangan. Isroil harbiy voizi Effi Defrin Eronni payshanba kungi hujumlarda tinch aholini ataylab nishonga olganlikda aybladi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi shifoxona yaqinidagi Isroil harbiy va razvedka shtab-kvartirasini nishonga olganliklarini bildirdi. Isroillik harbiy amaldor yaqin atrofda harbiy nishonlar borligini rad etgan. Albatta urushlardan tinch aholi aziyat chekadi. Shu o‘rinda aytish kerakki Isroil 2 yildan buyon G‘azodagi maktab va shifoxonalar yerto‘lasini terrorchilar uchun makon bo‘lgan deb doim nishonga oladi. Isroil so‘nggi 24 soat ichida Tehrondagi ichki xavfsizlik maxsus kuchlari shtabiga, shuningdek Tehron sharqidagi Parchin hududidagi nishonlarga hujumlar uyushtirgan. Kechagi hujumlarda Eron Isroil tomon 10 ta ballistik raketa yo‘llagan. Asosiy nishonlar harbiy tuzilmalar, lekin raketalar soni va talafotlar haqidagi aniq batafsil ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan.

Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘tgan hafta Isroil hujumi boshlaganidan beri Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan bir necha bor telefon orqali gaplashgan. Reuters manbalariga ko‘ra, agar Vashington Isroilga zarbalarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazsa, Eron «yadroviy masalada moslashuvchan bo‘lishi mumkinligini» ma’lum qilgan.

Bu orada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasi Eron parlamentida muhokama qilingan. Payshanba kuni parlamentning ikkinchi a’zosi bu Tehronning hayotiy manfaatlari xavf ostida qolgan taqdirdagina sodir bo‘lishini aytdi. Parlamentning milliy xavfsizlik kengashi a’zosi Behnam Saidiyning aytishicha, «Eron o‘z dushmanlariga javob berishning ko‘plab variantlariga ega va vaziyatdan kelib chiqib bunday variantlardan foydalanadi».

Eron uchun raketalardan ham qudratliroq qurol bu strategik muhim bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Ummon va Eron o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Kuvayt kabi Fors ko‘rfazi ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy eksport yo‘li hisoblanadi.

Dunyo bo‘yicha kunlik neft iste’molining 20%, taxminan 18 million barreli - Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. 

Mavzuga oid