O‘zbekiston | 09:59
1515
1 daqiqa o‘qiladi

"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

Vazirlar Mahkamasining "Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari suv xo‘jaligi birlashmalarining moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Xususan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar quyidagilarni oladi:

  • har chorak yakunlari bo‘yicha oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdoridagi mukofotlar;
  • budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus fondidan ustamalar;
  • boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) xodimlarga xizmat yillari uchun oylik qo‘shimcha to‘lovlar:
  • 1 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;
  • 5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;
  • 10 yildan 20 yilgacha – 40 foiz;
  • 20 yildan ortiq – 60 foiz.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2025 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid