Jahon | 14:17 / 24.06.2025
3942
2 daqiqa o‘qiladi

SBU rahbari: Zelenskiyga suiqasdning oldi olindi

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Kiyev "Jyeshuv" aeroportida prezident Volodimir Zelenskiyga navbatdagi suiqasdning oldi olganini bildirdi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Ukraina prezident Volodimir Zelenskiyga navbatdagi suiqasdning oldini oldi. Bu haqda 23 iyun, dushanba kuni "RBK-Ukraina" va "Interfaks-Ukraina" agentliklari iqtibos keltirgan Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasiliy Malyuk ma’lum qildi.

«Vazifa prezident Zelenskiyni "Jyeshuv" aeroportida jismonan yo‘q qilish edi. Bir necha variant ko‘rib chiqilgan. Ulardan biri FPV-dron, ikkinchisi snayper majmuasi edi», — dedi SBU rahbari.

Uning versiyasiga ko‘ra, Moskva buyrug‘i bilan suiqasdni sobiq harbiy, polshalik pensioner tayyorlagan. «Polshalik hamkasblarimiz professional tarzda ishladi, bu bizning birgalikdagi ishimiz edi», — deya qo‘shimcha qildi Malyuk.

Moskva uning o‘zini, GUR rahbari Kirill Budanov va Ukraina prezidenti devoni rahbarining ukasi Denis Yermakni ham o‘ldirish niyatida edi, dedi SBU rahbari.

Aprel oyida AQSh G‘arbning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda muhim markaz bo‘lgan Jyeshuvdan Polshaning boshqa hududlariga shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini qayta joylashtirishi ma’lum bo‘ldi. Qaror Polsha hukumati va NATO bo‘yicha boshqa ittifoqchilar bilan kelishilgan.

Mavzuga oid