Jahon | 08:21
13046
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx qo‘shma bayonotni «pokistonparast» deb atadi.

Foto: AP

Hindiston Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) yig‘ilishining qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi, unda joriy yilning aprel oyida Pahalgam hujumi haqida hech narsa deyilmagan.

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar berdi NDTV.

Singxning aytishicha, aprel oyida Jammu-Kashmirdagi hujum deklaratsiyaga kiritilmagan va ular «ikki tomonlama standartlarga qarshi chiqadi».

«Bunday ikki tomonlama standartlarga o‘rin bo‘lmasligi kerak. ShHT bunday davlatlarni tanqid qilishdan tortinmasligi kerak», — dedi Singx uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzolashdan bosh tortib.

Singx qo‘shma bayonotni «pokistonparast» deb atadi, dedi ismi oshkor etilmagan manba Associated Press (AP) agentligiga.

Deklaratsiya «Hindistonning terrorizm va mintaqaviy xavfsizlik kabi muhim masalalardagi pozitsiyasini zaiflashtirganini» iddao qilgan Singx unda Pokistonning Balujiston mintaqasidagi «jangarilar faoliyati» tilga olingan va «Pokiston pozitsiyasi himoyasi davom ettirilgan» dedi.

Singx Pokiston nomini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytmagan holda, ShHTni «transchegaraviy terrorizmdan siyosat quroli sifatida foydalanayotgan va terrorchilarni o‘z ichiga oluvchi» davlatlarni tanqid qilishga chaqirdi.

Mavzuga oid