O‘zbekiston | 14:49 / 01.07.2025
1106
1 daqiqa o‘qiladi

9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

My.edu.uz elektron platformasi orqali 1 iyuldan 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Foto: adliya.uz

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025 yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1 iyuldan 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Platformaga:

  • tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari;
  • 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Shundan:

  • 118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
  • 20 650 nafari dual ta’lim shakliga.

Mavzuga oid