Jazirama sabab Eyfel minorasining yuqori qismi turistlar uchun yopildi
Ekstremal issiq tufayli 1350 ta fransuz maktabi qisman yoki to‘liq yopildi, Ardesh va Drom mintaqalarida 5 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qoldi.

Foto: REUTERS
Eyfel minorasining tepa qismi keyingi ikki kun tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Parijda bugun havo harorati 41 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Havo haroratining qizil darajali xavfi Parijdan tashqari, Fransiyaning yana 15 ta departamentida e’lon qilingan. Ekstremal jazirama tufayli 1350 ta fransuz maktabi qisman yoki to‘liq yopilgan, Ardesh va Drom mintaqalarida 5 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan. Parij va bir nechta shaharlar o‘rtasida, jumladan, Tuluza va Limuzenga poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Yevropaning katta qismida jazirama issiq havo kuzatilmoqda. Ispaniyaning ayrim hududlarida harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti. Portugaliyada ham shu kabi maksimal harorat kuzatilishi mumkin — 29 iyun kuni mamlakatda havo harorati 46,6 darajaga chiqqandi. Londonda harorat 34 darajani tashkil etadi, ammo chorshanba kunidan boshlab havo soviydi. Prognozlarga ko‘ra, Italiyaning Florensiyasida ertaga harorat 40 darajada issiq bo‘ladi. Germaniyada Kyolndan g‘arbda joylashgan beshta okrug va janubdagi uchta mintaqa uchun issiq xavfidan ogohlantirish e’lon qilindi.
Eng issiq havo ertaga kuzatiladi, shundan keyin yomg‘irlar boshlanadi. Versiyalardan biriga ko‘ra, konditsionerlardan foydalanish global isish jarayonlarini kuchaytirmoqda.
Mavzuga oid

21:32 / 10.06.2025
Fransiyada 14 yoshli o‘quvchi pichoq bilan maktab xodimiga hujum qildi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi

19:23 / 02.06.2025
Yaponiyada xodimlari issiqdan qiynalayotgan kompaniyalarni jarimaga tortish boshlandi

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

10:18 / 18.04.2025