London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi
Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasidagi kelishuvning asosiy bandi mamlakatlardan biriga strategik xavf tug‘ilganda o‘zaro yordam ko‘rsatish majburiyati bo‘ladi, deb yozadi Politico. Bitim matni deyarli tayyor, u 17 iyulda imzolanishi mumkin.

Foto: Paul Zinken/dpa/picture alliance
Buyuk Britaniya va Germaniya keng ko‘lamli o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda. Hujjatda davlatlardan biriga nisbatan har qanday strategik tahdid boshqasiga ham xavf tug‘dirishi belgilab qo‘yiladi, deb yozadi Yevropaning Politico nashri 2 iyul, chorshanba kuni mudofaa bo‘yicha kelishuv tayyorlanishi bilan tanish bo‘lgan besh kishiga tayanib.
Hujjat matni deyarli tayyor, dedi Londondagi ikki rasmiy jurnalistlarga. U har ikki davlat parlamentlari yozgi ta’tilga chiqquncha, 17 iyul kuni imzolanishi kutilmoqda.
Mudofaa paktining asosi 2024 yilning yozida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniyaning o‘sha paytdagi kansleri Olaf Shols tomonidan qo‘yilgan, ular tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani imzolagan edi. Keyin shartnoma qoidalari 18 ta muzokaralar raundi davomida ishlab chiqildi.
Politico qayd etganidek, London bilan mudofaa shartnomasini tuzgach, Germaniya Yevropadagi ikkala yadroviy davlatning yordamiga umid bog‘lashi mumkin bo‘ladi, bu esa AQSh ko‘magisiz qit’aning tiyib turuvchi salohiyatini kuchaytiradi va Germaniya kansleri Fridrix Mersning intilishlariga mos keladi.
Mavzuga oid

10:44 / 02.07.2025
Germaniya Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi kurash choralarini kuchaytirdi

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

09:47 / 01.07.2025
Germaniyada haddan tashqari jazirama harorat kutilmoqda

23:22 / 30.06.2025