O‘zbekiston | 14:41 / 04.07.2025
9271
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat pasaya boshlaydi, biroq u qadar sezilarli bo‘lmaydi. Yakshanbada harorat +38…+41, janubda +42…+44 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish u qadar sezilarli bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechagi kundan boshlab havo harorati kunduzi +39…+41 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda +43…+45 darajagacha ko‘tarildi.

4 iyul kuni termometr ustuni +41…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha yanada ko‘tariladi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat +34…+39 darajagacha pasayishi seziladi.

Yakshanba kuni harorat kunduzi +38…+41 daraja atrofida, janubda +42…+44 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekistonda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 6 iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 4–5 iyulda +40…+43 daraja, 6 iyulda +39…+41 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid