O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
Antaliya shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hukumatlararo komissiyaning madaniyat sohasi bo‘yicha qo‘mitasining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo
Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga madaniyat vaziri o‘rinbosari Murod Majidov, Turkiya tomonidan esa madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Batuxan Mumju rahbarlik qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi davomida, shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ning Anqaradagi bosh qarorgohida mamlakatning mazkur tashkilotdagi vakili etib tayinlangan Shavkatjon Ortiqovning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TURKSOY bosh kotibi Sulton Rayev O‘zbekistonning turkiy dunyo madaniy merosi va tarixida tutgan o‘rniga yuqori baho berdi. U mamlakat bilan olib borilayotgan hamkorlik yil sayin mustahkamlanayotganini, xususan so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan qo‘shma madaniy loyihalar soni ortib borayotganini ta’kidladi.
"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan ochiq va faol tashqi siyosat doirasida turkiy dunyo bilan madaniy hamkorlik ustuvor yo‘nalishga aylandi. O‘zbekiston vakilining TURKSOYda rasmiy faoliyat boshlagani, tashkilotning to‘laqonli xalqaro platformaga aylangani va turkiy xalqlar o‘rtasidagi tarixiy, ma’naviy hamda madaniy umumiylikni mustahkamlashga xizmat qiladi", dedi u.
Mazkur tayinlov bilan O‘zbekistonning TURKSOYdagi ishtiroki yangi bosqichga ko‘tarildi va mamlakatning turkiy madaniy makondagi faol ishtiroki yanada kuchaydi. Bu esa nafaqat O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi imkoniyatlarini kengaytiradi, balki turkiy xalqlar o‘rtasidagi birdamlik va hamjihatlikni ham mustahkamlaydi.
Mavzuga oid

22:41
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

08:29 / 02.07.2025
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi

18:58 / 01.07.2025