Jamiyat | 14:13 / 07.07.2025
1505
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimlari Anhorda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi. 

Foto: FVB

Poytaxt FVB xabariga ko‘ra, 17 iyun kuni Shayxontohur tumani Anhor Lokomotiv bog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Anhor kanalida bir fuqaro cho‘kayotgan bo‘lgan. 

Ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari — oddiy askar O.Yo‘ldoshev hamda oddiy askar B.Valiyev tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Ushbu harbiy xizmatchilarning mazkur xizmati e’tiborga olinib, favqulodda vaziyatlar vaziri nomidan rag‘batlantirildi.

Mavzuga oid