Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Umida Abdullayeva va Mukarram Nurmatova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi.
Qo‘mita ma’lum qilishicha, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida Senat raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda prezident qarori bilan lavozimga tayinlangan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Umida Abdullayeva va rais o‘rinbosari Mukarram Nurmatova jamoaga tanishtirilgan.

Umida Abdullayeva 2019 yil iyulidan buyon IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mukarram Nurmatova bungacha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi 2022 yilning mart oyida tuzilgan va unga bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova rahbarlik qilib kelmoqda.
Mavzuga oid

21:46 / 19.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?

16:00 / 03.06.2025
Qishloqdan xalqaro maydon sari: 30 dan ortiq mamlakatda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘zbek qizi hikoyasi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

11:09 / 28.04.2025