Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Elektromobil bir quvvatda 1205 km masofani bosib o‘tdi.

Foto: Lucid Air
Amerikaning Lucid Air sedani bir akkumulyator quvvati bilan eng uzoq masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega elektromobil sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Elektromobil Shveytsariyaning Sankt-Morits shahridan Germaniyaning Myunxen shahriga yo‘l oldi va to‘xtamasdan, quvvatlanmasdan 1205 km masofani bosib o‘tdi. Kompaniya matbuot xizmati avvalgi rekord 160 km ga oshirilganini ma’lum qildi.
Rekord Lucid Air elektromobilining Grand Touring versiyasida o‘rnatildi. U 831 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan, bu unga 270 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi.
O‘ta tez quvvatlantirish funksiyasi batareyani 400 km harakatlanish zaxirasiga 16 daqiqada to‘ldirish imkonini beradi. Akkumulyator quvvati 112 kVt·s. WLTP sikliga ko‘ra, modelning harakatlanish masofasi 960 km ga yetadi.
2024 yilda Lucid Air elektromobilida bir batareya quvvati bilan sayohat qilingan mamlakatlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilgan edi – 9 ta.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

18:20 / 10.07.2025
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

16:48 / 10.07.2025