Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
Muqaddam bosh vazir o‘rinbosari va energetika vaziri lavozimlarida ishlagan Alisher Sultonov 2023 yil aprelidan buyon prezidentning energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi edi. Endi u prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tushirildi.

Foto: Kun.uz
Prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar doirasida Alisher Saidabbasovich Sultonov prezidentning energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
U endi prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili hisoblanadi (bu prezident maslahatchisi o‘rinbosariga teng lavozim).
Alisher Sultonov 2015-2018 yillarda «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2017 yil noyabridan Bosh vazir o‘rinbosari — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2019 yilda energetika vaziri bo‘lgan, 2022 yil aprelida salomatligi lavozimidan ozod etilgandi. 2023 yil mayida u prezidentning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Shuningdek, prezidentning tegishli farmoni bilan:
Erkin To‘raqulovich Yo‘ldoshev PA Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U muqaddam bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan, 2023 yil yanvaridan buyon Toshkent shahri prokurori lavozimida ishlayotgandi.
Odil Qalandarovich Abdurahmonov prezidentning sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan PA Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.
Odil Qalandarov 2019-2022 yillarda prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, keyinroq ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatchiga aylangan, 2024 yilda Ijtimoiy rivojlanish departamentiga rahbar bo‘lgandi.
Azizbek Allabergenovich Urunov prezidentning Jahon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi.
Prezident administratsiyasining quyidagi rahbar xodimlarining lavozimlari o‘zgarishsiz qoldirildi:
Xayriddin Madriddinovich Sultonov – prezident maslahatchisi – Spichrayteri;
Shuhrat Madaminovich G‘aniyev – prezidentning agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Tursinxon Aydarovich Xudaybergenov – prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Viktor Vladimirovich Mahmudov – prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi;
Alisherbek Azizovich Payg‘amov – Prezidenti administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti rahbari;
Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov – prezidenti protokoli rahbari.
Mavzuga oid

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi lavozimidan ketdi

17:52 / 14.07.2025