Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya sudi "Dojd" litsenziyasini qaytarib olish qarorini bekor qildi
Riga okrug sudi NEPLP milliy regulyatorining «Dojd» telekanalining mamlakatda radioeshittirish litsenziyasini qaytarib olish haqidagi qarorini bekor qildi. NEPLP qarorga qarshi chiqishga va’da berdi va telekanal Latviyaga qaytmasligini bildirdi.

Foto: AP
Riga okrug ma’muriy sudi Latviya Milliy elektron ommaviy axborot vositalari kengashi (NEPLP)ning «Dojd» telekanali litsenziyasini qaytarib olish haqidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida regulyator rahbari Ivars Abolinsh ma’lumot berdi.
U NEPLP qaror ustidan shikoyat qilishiga va’da berdi. «Faqat NEPLP qarori bekor qilindi, ammo dasturning o‘zi Latviyaga qaytmaydi», deb yozgan Abolinsh. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hukmi e’lon qilinganidan keyin batafsilroq izohlar beriladi.
«Ikki yarim yil o‘tib adolat tiklandi. Regulyator allaqachon bu qarorga shikoyat qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Lekin biz bu Latviya va boshqa Boltiqbo‘yi mamlakatlari kabel tarmoqlariga qaytishimizning boshlanishi bo‘ladi, deb umid qilamiz», — deya izoh berdi «Dojd» bosh muharriri Tixon Dzyadko Riga okrug sudi qaroriga.
Okrug ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasi hisoblanadi. Birinchi instansiya sudi «Dojd»ning shikoyatini rad etdi.
Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan ko‘p o‘tmay, «Dojd» telekanali rasmiylar bosimi ostida Rossiyada faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 2022 yil iyun oyida telekanal Latviyada translatsiya litsenziyasini olgani ma’lum bo‘ldi. Bir oy o‘tgach, «Dojd» ishni qayta boshlaganini e’lon qildi.
Mavzuga oid

13:39 / 15.07.2025
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi

13:45 / 08.07.2025
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

19:48 / 13.06.2025