Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
So‘nggi yillarda butun O‘zbekiston hududi qurilish maydoniga aylandi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘paygan. Ularning aksari aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilayotgan bo‘lsa, fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan ularning pulini olishni maqsad qilganlar ham yo‘q emas. Kun.uz yangi kvartira sotib olishda qanday jihatlarga e’tiborli bo‘lish kerakligi haqida tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

O‘zbekistonda yangi uy yoki xonadon sotib olayotganda firibgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
- yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sotuvchisi xo‘jalik yurituvchi sub’yekt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganmi va ayni damda mavjudmi (tugatilmaganmi)?
- qurilish ishlari amalga oshirilayotgan yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida tegishli hokimlikning qarori mavjudmi?
- quruvchi firma bozorda o‘z o‘rniga egami?
- qurilish loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganmi? Qurilish ishlari mazkur loyiha va ekspertiza xulosasi asosida amalga oshirilmoqdami?
Shuningdek, iste’molchilar shartnomaning turiga e’tibor berishi kerak. Sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida quyidagi shartnomalardan biri imzolanishi mumkin:
- investitsiya shartnomasi;
- ulushli qurilish shartnomasi;
- ipoteka shartnomasi;
- uy joy oldi-sotdi shartnomasi.
Shuningdek, sotib olmoqchi bo‘lgan uy-joyingiz haqiqatan ham daxlsiz yerda qurilganmi-yo‘qmi, huquqiy asos mavjudmi, yaqin kelajakda buzilishi rejalashtirilgan hududga taalluqlimi-yo‘qmi, sizga sotayotgan shaxs shunday vakolatga egami, firibgarlik alomatlari mavjud emasmi, avval ham ushbu shaxsdan xarid qilganlar mavjud bo‘lsa, ularning taqdiri qanday kechdi kabi ochiq savollarga javob olish kerak.
Shartnomaning qaysi bandlariga alohida e’tibor berish lozim?
Xaridor uchun [qiziqishiga qarab] shartnomaning har xil jihatlari ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Kimdir faqat narxiga, kimdir muddatiga qaraydi. Umumiy qoida shundayki, shartnomaning barcha jihatlariga qarab chiqish kerak. Bu bilan xaridor ertaga qaysidir masalada nizo yuzaga kelishining oldini oladi.
Shartnomaning muhim shartlari sifatida kvartiraning necha kv.m ekani, qaysi qavatda joylashgani, har bir kv.m uchun qanchadan haq to‘layotgani, qurilish qachon tugashi, qurilish tugaganidan keyin mulk huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish muddati kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Shartnomaning yana bir muhim jihati – taraflar javobgarligi masalasi. Quruvchi firmaning javobgarligi qaysidir darajada va xaridorning javobgarligi qaysidir darajada bo‘ladi. Bu kelgusida nizo kelib chiqadigan bo‘lsa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

20:19 / 15.07.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

12:22 / 15.07.2025
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi

20:37 / 14.07.2025