Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Gurjiston va Turkiyada bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tayotgan Agile Spirit ko‘pmillatli harbiy mashg‘ulotlari 8 avgustga qadar davom etadi. Ularda 10 davlatdan 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda.

Foto: REUTERS
NATOning ko‘p millatli Agile Spirit harbiy mashg‘ulotlari Gurjistonda 25 iyul, juma kuni mamlakat hukumati va G‘arb o‘rtasidagi keskinlik kuchayib borayotganiga qaramay boshlandi. Mashg‘ulotlarning rasmiy ochilishi Tbilisi yaqinidagi NATO va Gurjiston qo‘shma o‘quv va baholash markazida (JTEC) bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Gurjiston Mudofaa vazirligi.
Mashg‘ulotlarda NATOning yetti davlati, shuningdek, Gurjiston, Ukraina va Moldovadan ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Gurjistonda dala, o‘t ochish va maxsus kuchlarning mashg‘ulotlari rejalashtirilgan. Turkiyada parallel ravishda olib borilayotgan Agile Spirit manevrlari 8 avgust kuni yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mashg‘ulotlardan maqsad ishtirokchi davlatlar qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi darajasini oshirish, o‘zaro uyg‘unlik va operativ imkoniyatlarni mustahkamlashdan iborat, deya xabar beradi Gurjiston Mudofaa vazirligi.
AFP agentligi ta’kidlaganidek, NATO va Yevropa Ittifoqi Qora dengiz mintaqasida Rossiya ta’siriga qarshi turish uchun o‘z mavjudligini kuchaytirmoqchi.
Mavzuga oid

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

21:23 / 15.07.2025