Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
Departamentga 2023 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shamsiddin Sohibnazarov ishdan ketgan. Uning o‘rnini Jahongir Hotamov egalladi. U faoliyati davomida Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlariga prokurorlik qilgan, ikki yildan buyon bosh prokuror o‘rinbosari edi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Jahongir Jo‘rayevich Hotamov bosh prokuror o‘rinbosari – Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Hotamov 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017–2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil fevralidan 2020 yil oktyabriga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
2020–2022 yillarda Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan. 2022 yil fevralidan 2023 yil avgustiga qadar Samarqand viloyatiga prokurorlik qilgan.
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 2023 yil oktyabridan buyon Shamsiddin Sohibnazarov rahbarlik qilib kelayotgandi.

2024 yil yanvarida mazkur departament faoliyati kuchaytirilib, uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosariga aylangandi. 2024 yil aprelida esa Sohibnazarov ishdan olingani haqida xabar paydo bo‘lgandi, ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagandi.
Bundan oldinroq mazkur departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inoyat Shukurov hamda departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Ro‘zmatov lavozimidan ozod qilingani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

18:14 / 30.07.2025