Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi 2 ta o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega bo‘ldi
Punktlar uchinchi davlat fuqarolari va transport vositalarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsata boshladi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida 10 avgustdan ikkita yangi o‘tkazish punkti ochildi – Toshkent viloyatida «Bekobod Avto» va Sirdaryo viloyatida «Xovosobod». Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Punktlar uchinchi davlat fuqarolari va transport vositalarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsata boshladi. Qayd etilishicha, nazorat-o‘tkazish punktlari orqali o‘tish doimiy ravishda amalga oshiriladi.
«2025 yil 10 avgust kuni soat 6:00 dan boshlab o‘tkazish punktlari orqali uchinchi davlat fuqarolari va transport vositalarining o‘tishiga ruxsat berildi», deyiladi xabarda.
«Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida»gi hukumatlararo bitimga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida jami 17 ta o‘tkazish punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning aksariyati xalqaro maqomga ega bo‘lib, kecha-yu kunduz ishlaydi.
Mavzuga oid

09:48 / 06.08.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududlari infratuzilmasi rivojlantiriladi

19:45 / 02.08.2025
Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelishi mumkin

14:31 / 01.08.2025
Rossiyaga qimmatbaho buyumlarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketayotgan shaxs ushlandi

23:31 / 27.07.2025