Turkiya bosh vaziri Anqara Misr bilan munosabatlarni yaxshilash istagida ekanligini bildirdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya Misr bilan yomonlashgan munosabatlarni qayta tiklash istagida ekanligini bildirdi.
Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlar Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy to‘ntarilishi va undan keyin yuz bergan qonli to‘qnashuvlar sababli yomonlashgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an misrlik harbiylarning Mursiy tarafdorlariga qarshi amalga oshirgan harakatlarini qoralagandi va Mursiyni Misrning qonuniy prezidenti deb hisoblashini aytgan. Turkiya va Misr 2013 yil avgustda o‘z elchilarini maslahatlashuv uchun ortga chaqirtirib olishgan, shundan keyin Misr Turkiya elchisini, Turkiya esa Misr elchisini persona non grat deb e'lon qilgan.
"Bizga Misr bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish zarur", deb aytdi Istanbulda jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida Yildirim.
Shu bilan birga Yildirim yuqori darajadagi munosabatlarni bir kechada yo‘lga qo‘yishning iloji yo‘qligini aytib o‘tdi.
Iyunda Yildirim Turkiyani Misr va Suriya kabi davlatlar bilan "doimiy adovatda" ko‘rishni istamasligini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi

11:24 / 02.06.2025