"Tottenhem"ning sobiq futbolchisi klubdan 8 million yevro tovon puli undirdi

“Tottenhem”ning sobiq futbolchisi Radvan Xamed klubdan 8 million funt yevro qiymatida tovon puli undirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi.
Sud 10 yillik surishtiruv ishlaridan so‘ng jamoaga shunday ayblovni qo‘ygan. “Tottenhem” sobiq futbolchining sog‘ligiga putur yetkazishda ayblanmoqda. Xamed 2016 yilda klubga 17 yoshida kelgan. U tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida yuragida muammolar borligi aniqlangan, ammo kardiolog Xamedga maydonga tushishga ruxsat bergan. Natijada, futbolchi ilk uchrashuvidayoq xushidan ketib qoladi. Futbolchining yuragi to‘xtab qolgan. Keyinchalik uning miya faoliyatiga keskin putur yetganligi aniqlangan.
Radvanning otasi Raymond Xamed o‘g‘lining jarohatida klub shifokori Millsni aybladi. Sud esa 70 foiz aybni «Tottenxem»da, 30 foizi esa kardiologda ekani borasida hukm chiqargan.
Mavzuga oid

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

10:21 / 08.06.2025
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

17:39 / 07.06.2025