Jahon | 21:25 / 20.01.2017
6286
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Suriya Tartusdagi bazani kengaytirish haqidagi kelishuvni imzoladi

Rossiya va Suriya tomonlari 49 yilga Rossiyaning Tartusdagi Harbiy-dengiz flotining moddiy-texnik ta'minlash punkti hududidini kengaytirish haqidagi kelishuvni imzoladi.  

"Suriya tomoni Rossiya tomoniga kelishuv amal qilishining butun davriga hududni foydalanishga topshiradi", deyilgan hujjatda

Ta'kidlanishicha, kelishuv 49 yil davomida amal qiladi va agar tomonlardan biri ikkinchi davlatni yozma shaklda kelishuvning amal qilishini to‘xtatish haqida xabardor qilmasa, keyingi 25 yillik davrlarga avtomatik ravishda uzaytiriladi.

Rossiya bazasida bir vaqtda Rossiya harbiy kemalarining maksimal soni 11 birlik, jumladan yadroviy energetika qurilmalariga ega harbiy kemalarni tashkil qiladi.

Rossiya Tartus portida kapital ta'mirlash, takomillashtirish ishlari, rekonstruksiyani amalga oshirish va ko‘chmas mulkni buzish huquqini oladi.

Farmonda aytilishicha, Rossiya tomoni zarur aloqa vositalaridan foydalanish, suv osti ishlarini o‘tkazish va Rossiya kemalaridan g‘avvoslarni suvga tushirish imkoniyatiga ega.

Mavzuga oid