Shvartsenegger Trampga qarshi chiqdi

Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, Hollivud aktyori Arnold Shvartsenegger AQShning yangi prezidenti Donald Trampning muhojirlarga qarshi siyosatini tanqid ostiga oldi.
«Bu aqlsizlik va biz ko‘rmoqdamizki, Oq uy bu qarorni juda bo‘sh tayyorlagan», — deya Shvartseneggerning so‘zlarini keltiradi The Hill.
Uning fikricha, xavfsizlikni ta'minlashga erishishning boshqa yo‘llari ham mavjud.
Bundan tashqari, Shvartsenegger bunday farmon Adliya vazirligi va AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlanishi kerak edi deb hisoblaydi.
Donald Tramp 27 yanvar kuni AQShga qochoqlarning kirishini cheklash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Farmonga muvofiq, barcha qochoqlarni qabul qilish to‘rt oyga to‘xtatiladi. Bundan tashqari, farmon Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yamanning hatto AQSh vizasiga ega fuqarolariga mamlakatga kirishni uch oyga taqiqlaydi. Cheklov «grin-karta» egalariga — ya'ni, AQShda rasman yashash va ishlash uchun guvohnomaga egalarga ham taalluqli. CNN’ning yozishicha, endi «grin-karta»ning mavjudligi nomlari sanab o‘tilgan mamlakatlardan kelganlarning AQSh hududiga kiritilishiga asos bo‘la olmaydi. Tramp mazkur farmon terrorchilikka qarshi kurash uchun zarurligini ta'kidlagan.
Odatdagi amaliyotdan farqli ravishda, bu hujjat Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokisiz tayyorlangan — vazirlik vakillari odatda ijro hokimiyati uchun farmon va qonunlar ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlab berardi. Bundan tashqari, chegara xizmatiga mas'ul hisoblangan vazirlik ham farmon matni bilan faqat hujjat imzolanayotgan kunda tanishishga muvaffaq bo‘lgan.
Chegara xizmati cheklov aynan qaysi mamlakatlarning fuqarolariga daxl qilishini dastlab bilmagan. Hujjatda mamlakatlarning nomi ko‘rsatilmagan: u Obama ma'muriyatining vizasiz kirishni cheklash to‘g‘risidagi nizomi bilan tasdiqlangan mamlakatlar ro‘yxatiga havola beradi (mazkur nizomga muvofiq, nomlari ko‘rsatilgan mamlakatlarda bo‘lgan xorijliklar ham AQShga vizasiz kira olmaydi).
Dastlab vazirlik xodimlari farmon «grin-karta»si borlarga ta'sir qilmaydi, degan fikrga kelgan; bu haqdagi tegishli ma'lumotnomalar aeroportlarga yo‘llangan. Biroq ko‘p o‘tmay Oq uy «grin-karta» egalarining AQShga kiritilishi masalasi individual tarzda hal etilishi lozim, deb turib olgan.
28 yanvar kuni Amerika hukumati Trampning ko‘rsatmasini bajarishga kirishdi. Prezident farmonida ko‘rsatilgan mamlakatlardan kelayotganlarni aeroportlarda qo‘lga olish boshlandi. The New York Times’ning hisob-kitobiga ko‘ra, birinchi kuni Kennedi aeroporti va mamlakatning boshqa xalqaro aeroportlarida 200 nafarga yaqin odam qo‘lga olingan. Reuters’ning xabar berishicha, Qohira aeroportidagi aviakompaniyalarga farmonda ko‘rsatilgan mamlakatlarning fuqarolarini AQShga olib ketish taqiqlangan — ularning vizasi yoki «grin-kartasi» bo‘lsa ham.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
Mavzuga oid

08:01 / 31.05.2025
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

19:30 / 28.05.2025
Trampning Putinga nisbatan ritorikasi o‘zgardi. Oxirgi suhbatdan keyin

11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10 / 24.05.2025