Furkad va Shipulin kelishib oldi: Frantsuz biatlonchisi mehmonga taklif etilishini kutmoqda

Fransiyalik olimpiya chempioni Marten Furkad va rossiyalik biatlonchi Anton Shipulin o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat do‘stona qo‘l siqish bilan yakunlandi. Furkadning rossiyalik biatlonchilar doping qabul qilishi haqida aytgan gaplari tufayli sportchilar o‘rtasi buzilgandi.
Shipulin oxirgi intervyularidan birida sportchilar xafagarchilikni unutish va do‘stona munosabatlarni tiklashga kelishib olishgani haqida gapirgan.
"Biz ikki kun shu mavzuda gaplashdik. Men uning pozitsiyasini, u esa menikini tushundi. Biz muayyan kompromissga kelmadik, ammo biz jahon chempionatida dushmanlik emas, raqobat qilishga kelishdik. Biz siyosat bilan emas, sport bilan shug‘ullanamiz", degan Shipulin.
Furkad esa Shipulin bilan yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni muhokama qilgani, o‘zi u bilan munosabatlarni yo‘qotishni istamasligini aytib o‘tgan. U shuningdek rossiyaliklar murabbiyi Aleksandr Kasperovich uni birga choy ichishga taklif etgani haqida gapirgan.
"Antonni men 10 yildan buyon yaxshi taniyman, 2 kun oldin ro‘y bergan voqea esa bizning ko‘p yillik munosabatlarimizga ta'sir ko‘rsatmasligi kerak. Men yaxshilab o‘ylab ko‘rdim. Men u haqda yaxshi fikrdaman, u ham men haqimda shunday fikrda. Biz bo‘lib o‘tgan ishni unutamiz.
Odatda choyga britaniyaliklar taklif etishadi. Men ruslardan meni birga aroq ichishga taklif etishni kutaman", deya so‘zi yakunida ruslar murabbiyining taklifiga hazilomuz munosabatda bo‘lgan Furkad.
Video: Fransiyalik biatlonchi rus sportchisiga nisbatan qilgan harakati internetni larzaga keltirdi
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi
Jamiyat | 19:00
-
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi
Jahon | 18:41
-
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi
Jahon | 18:35
Mavzuga oid

16:06 / 09.08.2022
O‘zbekiston «ArMI-2022» doirasida o‘tkaziladigan «Tank biatloni» musobaqasida qatnashadi

07:46 / 17.03.2022
Mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais etib saylandi

07:10 / 15.03.2020
Biatlonchi Marten Furkad faoliyatini yakunladi

00:21 / 04.09.2019