Jahon | 17:49 / 22.02.2017
5453
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Gulenning asosiy advokati qo‘lga olindi

Turkiya hukumati Istanbulda Fathulloh Gulenning birinchi advokati O‘rxon Erdemlini qo‘lga olgan. Bu haqda Sabah nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, advokat tongda o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, ushbu huquqshunos 21 yildan buyon Gulen bilan hamkorlik qilib keladi.

2016 yilning 15 iyuli oqshomida Turkiya Qurolli kuchlari zobitlari tashabbusi bilan davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lib o‘tdi. Rasmiy Anqara bu harakat ortida Fathulloh Gulenning tashkiloti FeTO turganini e'lon qildi. Shundan keyin tozalash ishlari boshlanib, minglab kishilar qo‘lga olindi, o‘n minglab kishilar ishdan haydaldi, 1999 yildan buyon AQShda istiqomat qilib kelayotgan Gulen bilan aloqador minglab tashkilotlar yopildi.

Mavzuga oid