Sport | 20:10 / 27.02.2017
5145
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyalik muxlislar norvegiyalik chang‘ichiga tahdid qilishmoqda

Foto:KUVA: Lehtikuva / Martti Kainulainen

Finlyandiyaning Laxti shahrida o‘tayotgan chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionatida jamoaviy sprint yakunlangandan keyin norvegiyalik chang‘ichi Emil Iversen nomiga fin muxlislaridan tahdidlar bildirila boshlandi.

Ilta Sanomat nashrining ma'lum qilishicha, chang‘i sporti muxlislari Iversen nomiga ijtimoiy tarmoqlarda darg‘azablik bilan yozilgan izohlar va haqoratlar bildirishgan.

Gap shundaki, sprintning oxirgi burilishdan bitta oldingisida poygada uzoq vaqt yetakchilik qilgan norvegiyalik chang‘ichi finlyandiyalik Ivo Niskanen bilan to‘qnashib ketgan va natijada ularning ikkisi yiqilib tushgan. 

Bu to‘qnashuv ularning ortidan kelayotgan rossiyalik Sergey Ustyugov va italiyalik Federiko Pellegrinoga poygada yetakchilikni qo‘lga olishlariga va oxir-oqibat oltin va kumush medallar yutishlariga imkon bergan.

Bronza medallari fin sportchilariga nasib qilgan. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid