Qabul qiladigan muhim qarorlarimni u tushimda ayon qiladi - Nazarboyev o‘z onasi haqida

Bugun, 8 mart kuni Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Akorda 2001 yilgi arxiv videoni namoyish etdi, unda mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev o‘z onasi haqida eslagandi. Ushbu video Akordaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan.
Nazarboyev uchrashuvlardan birida mehmonlar qarshisida chiqish qilar ekan, o‘zining qimmatli maslahatlarini ulashgan.
"Men u meni qanchalar qattiq yaxshi ko‘rganini bilaman. Ehtimol uning muhabbati hozirgacha men bilan va meni qo‘llab turadi. Muhim va og‘ir qarorlar qabul qilganimda u buni menga tushimda ayon qilgan bo‘ladi. Men sizlarga ochiq aytaman. Men mistik emasman, hech qanday tabib, ekstrasens va astrologlarga ishonmaydigan odam sifatida sizlarga shu gapni aytaman. Ba'zida uyqudaligimda u tushimga kiradi va deydi: "Ishonaver, barchasi yaxshi bo‘ladi!". U hozir tirik bo‘lganida men uni qanchalar yaxshi ko‘rishimni aytgan bo‘lardim", - degan Qozog‘iston prezidenti.

Nursulton Nazarboyevning onasi - Aljan (1910-1977) Jambul viloyati Kasik ovuli mullasi oilasida dunyoga kelgan. 1933 yilda Aljan otasi bilan Ushkonirga kelganida Qozog‘istonning bo‘lajak prezidenti otasi Abish bilan tanishadi. Abish o‘z zamonasining ilg‘or kishilaridan biri bo‘lib, qozoq va rus tillaridan tashqari, bolgar tili va madaniyatini o‘rgangan. U qozoq milliy qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro etgan. U Aljan bilan o‘z farzandini milliy an'analar ruhida tarbiyalab, o‘stirgan.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi
O‘zbekiston | 12:38
-
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi
Jahon | 12:21
-
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

16:38 / 05.02.2022
O‘n yetti nafar farzand ko‘rgan ayol

09:35 / 18.08.2021
“Chiqindixonadan yegulik izlagan kunlarimiz bo‘lgan...” - yetimlikda o‘sgan ayol hikoyasi

16:11 / 14.02.2021
«Alloh menga nogiron farzand bergan bo‘lsa-da, unga kuchli mehr ham bergani uchun shukr qilaman» - ona sabri haqida hikoya

21:32 / 21.06.2020