Marhamat tumanidagi “Profilaktika kuni” tadbirida 22 ta maxsus guruh ish olib bordi

Andijon viloyati, Marhamat tumanida o‘tkazilayotgan “Profilaktika kuni” tadbirlarida tuman hokimligi, IIB, prokuratura, mahalla, “Kamolot” YoIH, DSI, nuroniylar, imom xatiblar, ta'lim muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillaridan tuzilgan 22 ta guruh ish olib bormoqda. Haftaning har payshanba kuni tashkil etilayotgan tadbir jarayoni tuman hokimligining majlislar zalidagi yo‘riqnomadan boshlanadi. Bu haqda Marhamat tuman IIB HOOB guruhi katta inspektori Ulug‘bek To‘htashev Kun.uz’ga xabar bermoqda.
16 mart kuni o‘tkazilgan rejalashtirish majlisida tuman hokimi X. Sultonov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Nishanov hamda tuman prokurori M. Ahmadjonovlar tomonidan barcha hudud va mahallalarda ish olib boruvchi guruh a'zolariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Marhamat qurilish va industriya kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman mutasaddilari 6 nafar muntazam darslarga qatnashmayotgan o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazdilar. Guruhlar tomonidan ta'lim muassasalari va mahallalarda aholi bilan firibgarlik, o‘g‘irlik, og‘ir tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbir davomida 1052 ta xonadonda muloqotlar, 1387 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. 52 nafar uzoq muddatga ketganlar, 26 nafar uzoq muddatdan kelganlar aniqlandi, huquqbuzarlik sodir etgan 31 nafar fuqarolarga, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash yuzasidan olib borilgan tadbirlarda 24 nafar qoidabuzar haydovchiga ma'muriy bayonnoma tuzildi.
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda hafta davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:46
-
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi
Jahon | 11:24
-
Tramp maxsus vakili HAMASning AQShga javobini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb atadi
Jahon | 11:09
-
O‘zbekiston va Malayziya maktab o‘qituvchilari malakasini oshiradi
O‘zbekiston | 10:51