O‘zbekiston Rossiyaning 5ta shahrida konsulxona ochadi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida yangi konsulxonalar ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda vazirning birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov ma'lum qilgan.
Uning ma'lumot berishicha, O‘zbekiston konsulxonalari Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida ochilishi rejalashtirilmoqda.
U xorijdagi konsulxonalardagi xodimlar soni ham oshirilishini ta'kidlagan.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Tashqi ishlar vazirligi va eng avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulxonalari mamlakatdan chetga migratsiya oqimi bu qadar shiddat bilan o‘sishiga tayyor emasdi.
Rossiyada ayni vaqtda faqat Moskva va Novosibirsk shaharlarida konsullik bo‘limlari mavjud. Bu Rossiyadagi ko‘p sonli o‘zbekistonliklarga yetarli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini bermayapti.
«Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, prezidentning virtual qabulxonasi ochilganidan buyon Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bo‘yicha 3 ming murojaat kelib tushgan, shuning uchdan ikki qismi konsullik-huquqiy xarakterdagi masalalarga oiddir», — degan Vahobov.
Jumladan, fuqarolar pasportlarni almashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish, chet elda yaqinlarining o‘limi sabablarini aniqlash, marhumlarni olib ketish bo‘yicha yordam ko‘rsatish, chet ellarda qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning xolis taftish etilishiga ko‘maklashish, aliment, nafaqa olishda yordam berish singari masalalarda murojaat qilgan.
Chet elda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida vazirlik Konsullik yo‘riqnomasining yangi tahririni ishlab chiqqan. Ayni paytda loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Hujjatga binoan, konsul chet elda ma'lum sabablarga ko‘ra moliyaviy imkoniyatlarsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga moddiy yordam berish funksiyasini ham bajaradi. Moddiy yordam olishda notarial tasdiqlangan hujjatga tenglashtirilgan kelishuv imzolanadi. Fuqaro shu yo‘l bilan vataniga qayta oladi, ammo 30 kun ichida olingan summani qaytarishi lozim bo‘ladi.
Javlon Vahobovning so‘zlariga qaraganda, Konsullik yo‘riqnomasi loyihasida konsullik xizmatlari doirasi kengaytirilib, O‘zbekiston fuqarolarining chet elda ovoz berish huquqini amalga oshirishiga ko‘mak berish, odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish, hujjatlarini yo‘qotgan fuqarolarga mamlakatga qaytish bo‘yicha ko‘mak berish singarilar qo‘shilgan. Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, ko‘pchilik konsullik xizmatlari interaktiv shaklda, onlayn rejimda taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi
O‘zbekiston | 17:32
-
Jonim-u qonim beshlik
O‘zbekiston | 16:58
-
Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib halok bo‘lgan Abdumannop Samiqov mukofotlandi
O‘zbekiston | 16:45
Mavzuga oid

08:50 / 14.01.2025
Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilmoqda

10:28 / 10.09.2024
Turkiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi

07:50 / 22.04.2024
Ozarboyjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi

18:12 / 26.01.2024