«Zenit» Manchini bilan shartnoma haqida rasman e'lon qildi

Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini «Zenit»ni boshqaradi. Bu haqda piterliklar klubining rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Ushbu 52 yoshli mutaxassis 28 may kuni iste'foga chiqarilgan Mirchu Luchesku o‘rnida ish boshlaydi.
U bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan va bu shartnoma keyinroq yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
«Zenit» Roberto Manchiniga Peterburgda muvaffaqiyat tilaydi! Benvenuto, Roberto Mancini!», — deyilgan xabarda.
Xabar qilinishicha, Manchini va uning shtabi «Zenit»da yiliga 7-7,5 million yevro maosh oladi.
Ma'lumot uchun, Manchining so‘nggi jamoasi Italiyaning «Inter» klubi bo‘lgandi. O‘tgan yilning avgustida milanliklar Manchinini iste'foga chiqargandi. Unga qadar ushbu mutaxassis turli yillarda «Fiorentina», «Latsio», «Manchester Siti» va «Galatasaroy» jamoalarida ishlagan va 3 marta Italiya chempioni, 4 marta Italiya Kubogi sohibi, bir marta Italiya Superkubogi g‘olibi, ikki marta Angliya chempionligi, ikki martadan Kubok va Superkubok egasi hamda bir marta Turkiya Kubogi egasi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Markaziy Osiyodagi eng yirik Fedchenko muzligining qariyb 40 foizi erib ketdi
Jahon | 17:57
-
Erondagi 25 shaharda itlarni ko‘chada sayr qildirish taqiqlandi
Jahon | 17:45
-
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi
Jahon | 17:12
Mavzuga oid

23:34 / 27.12.2021
Globe Soccer Awards. Mbappe - yilning eng yaxshi o‘yinchisi, Manchini - eng yaxshi murabbiy. Boshqa nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi

10:32 / 12.07.2021
Chempionga aylangan «manekenlar»

21:57 / 11.07.2021
Italiya - Angliya finali. O‘yin qanday bo‘ladi?

14:48 / 12.02.2021