Foto: Alphabet’ning haydovchisiz yuk mashinasi

Foto: Jalopnik
28 iyun kuni Jalopnik nashri noma'lum manba tomonidan yuborilgan Alphabet xoldingining Waymo nomli sho‘'ba korxonasining o‘zi boshqariluvchi yuk mashinasi suratlarini chop etdi. Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Waymo avtonom tizim bilan jihozlangan Peterbilt 579 modelidan foydalangan. Sensorning katta qismi kabina tomida, bitta radar esa old bamperga o‘rnatilgan.
Jalopnik’ning ta'kidlashicha, mashinada yon tomonlarida joylashgan yana boshqa datchiklar ham bo‘lishi mumkin, biroq suratlarda ular ko‘rinmagan. Tizim Waymo‘ning boshqa Chrysler Pacifica avtomobillari uchun qo‘llangan avtonom ishlanmasini eslatadi.
2017 yilning 2 iyunida Waymo uzoq masofalarga yukni haydovchi ishtirokisiz tashiy oladigan o‘zining haydovchisiz yuk mashinalari ustida ish boshlaganini ma'lum qilgandi. Keyinroq kompaniya vakillari transport vositalaridan biri yo‘llarda sinovdan o‘tayotgani, biroq uni hozircha odam boshqarayotganini tasdiqlashgandi.
Avvalroq Uber o‘zining birinchi yuk mashinasini ko‘rsatgandi. Transport Uber Freight yangi yuk tashish servisi uchun ishlatiladi. Yuk mashinasini yaratish bilan Google‘ning sobiq xodimi Entoni Levandovski tashkil etgan Otto nomli sho‘'ba korxona shug‘ullangan.
2017 yilning fevral oyida Waymo Uber ustidan sudga murojaat qilgan. Waymo’ning ta'kidlashicha, Levandovski ketishidan oldin keyinchalik servis uchun avtonom tizimlarni yaratishda ishlatilgan maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlab ketgan. Keyinroq Levandovski Uber‘dan ham bo‘shatib yuborilgan.
Waymo 2016 yil dekabrda Google’ning avtomobil bo‘limining mustaqil kompaniyaga aylantirilishi natijasida paydo bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi
Jahon | 16:03
-
“Bolam kasal, qarzga pul berib turing” - firibgarlikning yana bir turi haqida
Jamiyat | 16:03
-
O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etdi
Jamiyat | 16:01
-
Urishib ketgan Tramp va Mask, yakunlangan Haj ziyorati va Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishni talab qilgan nemislar – kun dayjesti
Jahon | 15:48
Mavzuga oid

11:20 / 11.12.2021
Silikon vodiysidagi hindlar. AQShdagi haytek gigantlarini nima uchun hindistonliklar boshqaradi?

22:28 / 27.07.2020
Alphabet korporatsiyasi 200 ming nafar xodimi bir yil davomida masofadan ishlashini ma'lum qildi

11:37 / 17.01.2020
Alphabet kapitallashuvi trillion dollarga yetdi

08:23 / 04.12.2019