Jahon | 00:00 / 13.07.2017
4955
2 daqiqa o‘qiladi

Ispan qiroli Madrid va London Gibraltar maqomi bo‘yicha kelishib olishlariga ishonch bildirdi

Foto: Lenta.ru

Ispaniya qiroli Filipp VI Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida Madrid va London Gibraltar maqomi bo‘yicha kelishib olishlariga ishonch bildirdi.

"Men aminmanki, bizning Gibraltar bo‘yicha kelishmovchiliklarimizni hal qilishga qat'iylik yanada kuchliroq bo‘ladi hamda zarur sa'y-harakatlar va muloqot orqali hukumatlarimiz barcha tomonlarni qondiradigan kelishuvlar yo‘nalishi bo‘yicha ishlashga qodir", deb qirol aytgan so‘zlarni keltirib o‘tgan Sky News telekanali.

Ta'kidlanishicha, Filipp VI Buyuk Britaniyada 3 kun bo‘ladi. Bu tashrif Ispaniya qirolining 30 yildan ko‘proq muddat ichidagi Buyuk Britaniyaga ilk tashrifi bo‘ldi.  

Avvalroq Ispaniya tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis ba'zi britaniyalik siyosatchilar Gibraltar masalasi bo‘yicha o‘zini nazorat qilolmayotganini aytgandi.

Gibraltar Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududi bo‘lib, Ispaniya uning bir qismiga egalik qilish bo‘yicha bahslashib keladi. Ispaniya Gibraltarning bir qismi Buyuk Britaniya tomondan noqonuniy ravishda bosib olingan deb hisoblab keladi.

Mavzuga oid