«Inter» futbolchisi «Chelsi» bilan o‘yinda maydon markazidan avtogol urdi
Milanning «Inter» klubi o‘yinchisi Joffrua Kondogbiya Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuvida maydon markazidan o‘z darvozasiga gol urdi. Avtogol videosi YouTube’da joylashtirildi.
74-daqiqada hisob «Inter» foydasiga 2:0 ko‘rinishida ekanida Kondogbiya maydon markazi yaqinida to‘pni raqib bosimi ostida darvozabonga yo‘llashga qaror qilgan. Biroq futbolchining uzatmasi avtogolga aylangan: to‘p darvozabon ustidan o‘tib, «Inter» darvozasidan joy olgan.
Ko‘plab foydalanuvchilar bu gol yilning eng kulgili gollaridan biri nomiga da'vogarlik qilishi mumkinligini taxmin qilishgan.
Singapurda o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida «Inter» foydasiga yakunlangan.

Mavzuga oid

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025