Hindiston hukumati o‘n minglab musulmonlarni deport qilmoqchi

Foto: Reuters
Hindiston hukumati juma kuni Myanma va Bangladesh tomonlari bilan 40,000 kishidan iborat rohingya musulmonlari jamoatini deport qilish masalasida muzokaralarni boshladi.
O‘tgan asrning 90-yillari boshida minglab rohingyalar aholisining asosiy qismi buddizm diniga e'tiqod etuvchi Myanmadagi ta'qiblardan qochib, Bangladeshga, bundan tashqari Hindiston chegaralarini kesib o‘tib, mamlakatning g‘arbiy hududlariga kelib o‘rnashgan. Rasmiy Nyu-Deli ma'lumotiga ko‘ra, 14,000 nafar qochoq rasman BMT Muhojirlar agentligi tomonidan qayd etilgan.
"Bu muammo faqat hukumat darajasidagi diplomatik muzokaralar orqali hal etilishi mumkin”, - deydi Hindiston Ichki ishlar vazirligi vakili Dhatvalia.
O‘tgan yilning 9 oktabrida "Harakah al-Yaqin” harakatining Myanma chegara postlariga hujumi natijasida nizolar boshlangan edi. Shundan beri 75,000 nafarga yaqin rohingya Bangladeshga ko‘chib kelgan. Ayni paytda 1,3 milliard aholiga ega Hindiston ichida ham ishsizlik, qashshoqlik va ijtimoiy sharoitlar past darajada bo‘lib, buning ustiga etnik-diniy to‘qnashuvlar musulmon jamoalarining tinkasini quritib bormoqda.
Hozirda rohingyalarning katta qismi Uttar Pradesh, Jammu, Haryana va Delining shimolida istiqomat qilib kelyapti.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025